G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar soni 106 nafarga yetdi
Olam
−
02 yanvar 2024 3507 1 daqiqa
Isroil armiyasi G‘azo sektorida 84 kundan beri davom etayotgan shiddatli hujumlar davomida 106 nafar falastinlik jurnalistni o‘ldirdi. Bu haqda joriy yilning 30 dekabr kuni, “Middle East Monitor” axborot agentligi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, G‘azo matbuot bo‘limi Isroil armiyasining G‘azo sektori markazidagi "Nuseyrat" qochqinlar lageriga uyushtirgan hujumida yana bir jurnalist halok bo‘lganini xabar qilgan.
Unda “Al-Quds” telekanali jurnalisti hujumda halok bo‘lgani, bu bilan 7 oktyabrdan beri G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar soni 106 nafarga yetgani ta’kidlangan.
G‘azo matbuoti oldingi bayonotida Isroil Falastin haqidagi haqiqatlarni o‘chirish, ma’lumotlarni oshkor qilmaslik hamda asl xabarlarni mintaqaviy vxalqaro jamoatchilikka yetib borishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun jurnalistlarni qasddan o‘ldirayotganini bildirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 30 dekabr kuni "2023 yil – Jurnalistlar taqdirida” nomli bir yillik tahliliy maqolani e’tiboringizga havola etgan edik.