G‘azoda sulh bitimi kuchga kirdi
Olam
−
24 noyabr 2023
5539HAMAS va Isroil o‘rtasida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirdi. Bu haqda “Al-Hadath” telekanali xabar berdi.
Mojaro tomonlari o‘rtasida Falastin anklavida to‘rt kunlik sulh tuzish haqidagi kelishuv mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da (Toshkent vaqti bilan 10:00) kuchga kirdi. Telekanal hozircha vaziyat tinchligicha qolayotgan sektorning ma’muriy markazi – G‘azo shahrini jonli efirda namoyish etmoqda.
“The Times of Israel” gazetasi ham Isroil va HAMAS o‘rtasida Qatar vositachiligida G‘azo sektorida tuzilgan to‘rt kunlik gumanitar sulh kuchga kirganini tasdiqlagan.
“Vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishga bir necha soat qolganda, Isroil armiyasi matbuot xizmati ikki marta Falastin anklaviga chegaradosh hududlarda sirenalar chalinayotgani haqida xabar berdi”, deb yozadi gazeta.
Eslatib o‘tamiz, 22 noyabrga o‘tar kechasi bir necha soatlik muhokamalardan so‘ng, Isroil va HAMAS o‘rtasida 4 kunlik sulhga kelishilgandi. Unga ko‘ra, 50 nafar garovdagi shaxs evaziga Isroil qamoqxonalaridagi 150 nafar falastinlik ozodlikka chiqarilishi, 4 kun davomida har ikki tomon ham o‘t ochishni to‘xtatishi belgilangandi.
LiveBarchasi