G‘azoda shifokorlar yaradorlarni “narkoz”siz operatsiya qilmoqda – CNN

Olam

image

G‘azo sektoridagi shifokorlar Falastin-Isroil mojarosi avj olgani sababli yaralangan tinch aholini anesteziya (og‘riqsizlantirish) qilmasdan operatsiya qilishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda Chegara bilmas shifokorlar (MSF) xalqaro gumanitar tashkilotining Quddusdagi missiyasi rahbari Leo Kans ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar operatsiyalarni "(og‘riq qoldiruvchi) moddalar va morfinsiz bajarishga majbur bo‘lmoqda", deydi u. 

"Afsuski, yaralanganlar orasida bolalar ham ko‘p. Men shifokorlarimizdan biri bilan gaplashdim, u bir kun avval tanasining 60 foizi kuygan 10 yoshli bemorni ko‘rdi, og‘riq qoldiruvchi dori yo‘q edi", deydi u CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Kansning ta’kidlashicha, G‘azo sektoridagi shifokorlar og‘riq qoldiruvchi dori vositalaridan tashqari, birinchi yordam va jarrohlik to‘plamlariga muhtoj. 

Avvalroq, MSF ijrochi direktori Avril Benua CNN telekanaliga bergan intervyusida G‘azo sektoridagi shifokorlar dori-darmonlar, jumladan, og‘riq qoldiruvchi dori vositalari yetishmasligi sababli operatsiyalarni bajarishda bemorlar o‘rtasida tanlov qilishga majbur bo‘layotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

shifokor G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing