G‘azoda misli ko‘rilmagan vahshiylik bo‘ldi – Erdo‘g‘an

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an xalqaro hamjamiyatni G‘azodagi shifoxonaga raketa hujumidan so‘ng “misli ko‘rilmagan shafqatsizlik”ni to‘xtatishga chaqirdi.

“Men butun insoniyatni G‘azoda tarixidagi misli ko‘rilmagan vahshiylikni to‘xtatish uchun chora ko‘rishga chaqiraman”, degan Turkiya yetakchisi bayonotida.

Erdo‘g‘an ayollar, bolalar va begunoh fuqarolarni o‘z ichiga olgan shifoxonaga qilingan hujumni Isroilning “insoniy qadriyatlardan begona” harakatlaridan biri ekanini urg‘uladi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi, o‘z navbatida, Isroilning G‘azodagi shifoxonaga raketa hujumini “varvarlik” deb atadi va yahudiy davlatining xalqaro sud oldida javob berishi muqarrarligini e’lon qildi.

Avvalroq, Turkiya Prezidenti Falastindagi mojarolarga to‘xtalib:

“Bu muammo faqat u yerdagi mazlum va jabrdiydalarning muammosi emas. Ayni paytda bu masala butun dunyo, global boshqaruv va xavfsizlik tartibi hamda bu borada mas’uliyat va vakolatga ega bo‘lgan barcha institutlar uchun qadr-qimmat masalasidir. Falastin muammosining hal etilmay qolishi va va’dalarning hech birini bajarilmasligi sababchilaridan biri xalqaro hamjamiyatdir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa tashkilotlar Falastin xalqini yolg‘iz qoldirdi, o‘z va’dalarini bajarmadi, falastinliklarning huquqlarini himoya qila olmadi.  Biz buni bugun aytayotganimiz yo‘q, bu haqiqatlarni avval ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan turib butun dunyoga ochiq aytganmiz”, degan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Erdo'g'an G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing