G‘azoda kamida 1,1 million odam ocharchilik xavfi ostida – BMT
Olam
−
19 mart
2006G‘azo sektoridagi kamida 1,1 million kishi oziq-ovqat zaxiralarini tugatgan va halokatli ocharchilik xavfi ostida qolgan. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Nyu-Yorkda G‘azo masalasi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan matbuot uchrashuvida aytib o‘tdi.
Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha dunyoning yetakchi mutaxassislarining fikricha, G‘azo shimolida ocharchilik muqarrar.
“G‘azodagi barcha falastinliklarning yarmidan ko‘pi, 1,1 million kishi oziq-ovqat zaxiralarini to‘liq tugatdi va bu halokatli ocharchilikka tahdid solmoqda. Xabarlarga ko‘ra, G‘azodagi falastinliklar dahshatli azob-uqubatlarni boshdan kechirmoqda”, deydi Guterrish.
Shu bilan birga, Guterrish bu butunlay sun’iy ofat ekanini va uni to‘xtatish mumkinligini ta’kidlagan.
“Isroil hukumatini G‘azoga gumanitar yuklarning to‘liq va to‘siqsiz kirishini ta’minlashga, xalqaro hamjamiyatni esa insonparvarlik sa’y-harakatlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman”, deya xulosa qilgan Guterrish.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per G‘azo gumanitar inqiroz davriga kirganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi