G‘azoda qurbonlar soni 28 ming 340 nafarga yetdi

Olam

image

Falastin-Isroil mojarosi boshlanganidan beri G‘azo sektorida kamida 28 ming 340 kishi halok bo‘ldi va yana 67 984 kishi jarohatlandi. Bu haqda anklav Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga tayanib, TASS xabar berdi.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida sektorda 164 kishi harbiy amaliyotlar qurboni bo‘lgan, yana 200 ga yaqin kishi yaralangan.

Ma’lumot uchun, 2023 yil 7 oktyabrda Isroil G‘azoni to‘liq blokadaga olganini e’lon qilib, Livan va Suriyaning ayrim hududlariga zarbalar berishni boshlagan. Shundan so‘ng, to‘qnashuvlar quruqlik va G‘arbiy Sohilda ham davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil G‘azo sektorining Misr bilan chegaradosh hududlariga zarba berishi oqibatida 100 kishi halok bo‘lib, 230 dan ortiq kishi jarohatlangani haqida xabar bergandik.

 

Sarvar Xurramov


 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

urush qurbonlar G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing