G‘azoda qariyb 1 mln aholi qish uchun uy-joyga ega emas – BMT

Olam

image

G‘azo sektorida kamida 1 million aholi qishki sovuq ob-havo uchun uy-joyga ega emas. Bu haqda BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi hisobotida keltirilgan.

“G‘azo sektoridagi uy-joyga bo‘lgan ehtiyojning atigi choragi qondirilgan. Bu esa qish yaqinlashgani sayin 1 millionga yaqin kishini og‘ir ob-havo sharoitlari xavfiga duchor qilmoqda”, deyiladi hujjatda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bundan tashqari 545 ming kishi zarar ko‘rgan binolarda va qo‘lbola boshpanalarda yashamoqda. BMT Falastin anklavi uchun brezent va boshqa qurilish materiallari yetkazib berish zarurligini ta’kidlamoqda.

Hisobotga ko‘ra, Shimoliy G‘azo, jumladan, G‘azo shahri hududida ovqat pishirish uchun gazning jiddiy tanqisligi oilalarni yoqilg‘i sifatida chiqindilarni yoqishga majbur qilmoqda. Bu esa nafaqat atrof-muhit, balki sog‘liq uchun ham zararli bo‘lib, nafas yo‘llari infeksiyalari xavfini oshiradi. Shu bilan birga sog‘liqni saqlash xizmatlari cheklangan sharoitda qolmoqda.

Jahon oziq-ovqat dasturi ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari harbiy harakatlar boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan 1000 foizga oshib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya Harbiy-havo kuchlari G‘azoga 15 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami olib borgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

uy-joy G'azo qish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing