G‘azoda gepatit A bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda

Olam

image

G‘azo sektorida toza suvdan foydalanish cheklangani sababli gepatit A bilan kasallanganlar soni ko‘paygan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adanom Gebreisus “X” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

JSST Bosh direktori kasalliklarga tashxis qo‘yish uchun sharoit yo‘qligi, tahlil uchun laboratoriyalar yo‘qligini ta’kidladi. 

"G‘ayriinsoniy yashash sharoiti, ichimlik suvining deyarli yo‘qligi, nosanitar hojatxonalar yoki atrof-muhitni toza saqlashning iloji yo‘qligi - gepatit A ning yanada kengroq tarqalishiga olib kelyapti. Kasallikni aniqlash uchun tibbiy asbob-uskunalar haqida umuman gapirmasa ham bo‘ladi. Ishlaydigan laboratoriyalar yo‘q. Biz tibbiy yordam va sog‘liqni saqlashdan to‘siqsiz va xavfsiz foydalanishga chaqiramiz”, deydi Gebreisus.

Unining aytishicha, gepatit A, virusli jigar infeksiyasi odatda yengil, lekin ba’zida og‘ir kasalliklarga olib kelishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyi boshlarida G‘azodagi qochqinlar lagerida kamida 360 ming kishida yuqumli kasallik qayd etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST G'azo gepatit A

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing