G‘azoda 43,2 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi
Olam
−
31 Oktabr
21792023 yil oktyabr oyidan beri Isroil harbiylarining harakatlari oqibatida G‘azo sektorida 43,2 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
“Isroilning G‘azodagi harakatlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 2023 yil oktyabr oyidan beri 43 204 nafarga yetdi, yana 101 641 kishi jarohat oldi”, deyiladi bayonotda.
Vazirlik 24 soat ichida G‘azoda Isroil bombardimonlari oqibatida 41 falastinlik halok bo‘lgani va 131 kishi jarohat olganini ham qo‘shimcha qildi.
Shuningdek, so‘nggi 48 soat ichida Isroil armiyasi G‘azo sektorida 5 ta oilani qirg‘in qilgani, 96 kishi halok bo‘lgani va 277 kishi yaralangani ham ta’kidlandi.
Isroil esa Falastin tomonidan halok bo‘lganlar va jabrlanganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yolg‘on ekanligini iddao qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 25 oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti urushdan vayron bo‘lgan G‘azo sektorida bolalar va nogironlar tobora dahshatli sharoitlarga duch kelayotgani, shifoxonadagi bemorlar evakuatsiya kechikishi tufayli vafot etayotganini ma’lum qilgandi.
Muhammad Hodiyev