G‘azoda halok bo‘lganlar 16 mingga yetdi

Olam

image

Isroilning blokadadagi G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 16 mingga yetdi. Bu haqda Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Mey Kayle ma’lum qildi.

“G‘azoda 7 oktyabrdan beri raketa zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 16 mingga yetdi, yana 35 ming kishi jarohat olgan”, degan Mey Kayle “Al Hadath” telekanaliga bergan intervyusida.

Avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) bayonotida Isroilning ommaviy hujumlari oqibatida G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinliklarning 74 foizini ayollar va bolalar tashkil qilishini bildirgandi

UNRWA ma’lumotlariga ko‘ra, 7 oktyabrdan beri G‘azo sektori aholisining qariyb 80 foiziga teng – 1,7 million falastinlik o‘z uyini tashlab ketgan.

Aytish joiz, HAMAS va Isroil o‘rtasidagi sulh kuchga kirganidan beri Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi qurbonlar haqida bayonot bermay qo‘ygan edi. Vazirlik so‘nggi bor joriy yilning 22 noyabr kuni Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 828 ga yetgani haqida xabar bergandi

Eslatib o‘tamiz, 22 noyabrga o‘tar kechasi bir necha soatlik muhokamalardan so‘ng, Isroil va HAMAS o‘rtasida 4 kunlik sulhga kelishilgandi. Unga ko‘ra, 50 nafar garovdagi shaxs evaziga Isroil qamoqxonalaridagi 150 nafar falastinlik ozodlikka chiqarilishi, 4 kun davomida har ikki tomon ham o‘t ochishni to‘xtatishi belgilangandi. Bugun, 24 noyabr kuni kelishuv kuchga kirgani xabar qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing