G‘azoda halok bo‘lganlar 13 mingga yetdi
Olam
−
20 noyabr 2023
2673Isroilning blokadadagi G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 mingga yetdi. Bu haqda Falastin hukumatining G‘azodagi matbuot bo‘limi xabar berdi.
7 oktyabrdan beri Isroilning eksklavdagi hujumlari qurbonlari orasida 5500 bola va 3500 ayol bor.
Shuningdek, Isroil o‘qqa tutishi oqibatida 201 tibbiyot xodimi, 22 fuqaro mudofaasi xodimi va 60 jurnalist halok bo‘lgan.
Bundan tashqari, G‘azo sektorining 30 mingdan ortiq aholisi jarohatlangan.
Yo‘qolganlar ro‘yxatida 6 ming kishi bor.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq SAXAL matbuot xizmati G‘azoda quruqlikdagi operatsiya davomida Isroil armiyasidan 61 kishi qurbon bo‘lganini ma’lum qilgandi.