G‘azoda halok bo‘lgan jurnalistlar qariyb yuzga yetdi
Olam
−
22 dekabr 2023 4539 1 daqiqa
Isroil armiyasining G‘azoda 7 oktyabrdan beri uyushtirgan hujumlari natijasida vafot etgan jurnalistlar soni 98 nafarga yetdi. Bu haqda G‘azo hukumati matbuot bo‘limi bayonot berdi.
Unga ko‘ra, Isroil hujumi oqibatida Ala Abu Muammar ismli muxbirning hayotdan ko‘z yumishi bilan 7 oktyabrdan beri o‘ldirilgan jurnalistlar soni 98 nafarga yetgan.
Media idorasi Isroilning jurnalistlarga hujumini “Falastin nomini o‘chirish, faktlarni yashirish, mintaqa va xalqaro hamjamiyatga xabar va ma’lumotlar yetib borishiga to‘sqinlik qilish” uchun atayin amalga oshirayotganini ta’kidlagan.
Aytish joizki, joriy yilning 2 dekabr kuni Falastin hukumatining G‘azodagi matbuot bo‘limiga ko‘ra, 7 oktyabrdan beri o‘ldirilgan jurnalistlar soni umumiy hisobda 73 nafarga yetgani haqida xabar bergan edik. Demak, yigirma kun ichida G‘azodagi xunrezliklar ortidan 25 nafar jurnalist o‘ldirilgan.
Live
Barchasi