G‘azo sektorining 1,5 millionga yaqin aholisi o‘z uyini tark etdi – BMT
Olam
−
07 noyabr 2023
4769G‘azo sektorida 1,5 millionga yaqin aholi Falastin-Isroil mojarosining kuchayishi oqibatida uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda brifingda BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.
"G‘azoda elektr ta’minoti uzilishlar davom etmoqda. Taxminan 1,5 million kishi o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi, 700 mingdan ortiq kishi nazoratsiz joylardan boshpana topdi. Bu ob’ektlarning 150 tasi normadan ancha ko‘p odam bilan to‘lgan", deydi u.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 7 oktyabr kuni Yaqin Sharqdagi navbatdagi eskalatsiya boshlanganidan so‘ng, G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 10 mingdan oshgan. Ular orasida 88 nafar BMT xodimlari ham bor.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam berish agentligi G‘azo sektorida Isroilning zarbalari har 10 daqiqada bir bolani o‘ldirib, yana ikki nafarini jarohatlayotganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi