G‘azo sektoridagi Qizil Yarim Oy shtab-kvartirasi o‘qqa tutildi

Olam

image

G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shahridagi Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyatining qarorgohi o‘qqa tutilishi oqibatida bir necha kishi yaralangan. Bu haqda gumanitar tashkilotning X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

“Xon-Yunusdagi Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyati qarorgohining yuqori qavatlari artilleriyadan o‘qqa tutildi va bir necha vaqtinchalik ko‘chirilganlar yaralandi”, deyiladi xabarda. 

Tashkilotga ko‘ra, binoda minglab qochqinlar bo‘lgan.

WAFA axborot agentligining xabar berishicha, Isroil harbiy-havo kuchlari 25 dekabr oqshomidan boshlab Xon Yunusning turli hududlariga, jumladan Nosir shifoxonasi atrofiga havo hujumlari uyushtirmoqda. Tibbiy manbalarning ma’lum qilishicha, hujumlar oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil armiyasining G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shahri uchun janglari bir necha oy davom etishi mumkinligi aytilgandi. Isroilning G‘azo sektori markazidagi Al-Mag‘ozi qochqinlar lageriga uyushtirgan hujumida kamida 70 kishi halok bo‘ldi. HAMAS G‘azo sektorida Isroil maxsus kuchlari otryadi yo‘nalishidagi tunnelni portlatib yuborganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Isroil G'azo Xon Yunus Qizil Yarim Oy Jamiyati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made