G‘azo sektorida BMT xodimlari halok bo‘ldi
Olam
−
12 Oktabr 2023
8449Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) G‘azo sektori blokadasida 11 nafar xodimi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda tashkilotning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berildi.
“7 oktyabrdan beri G‘azoda 11 nafar xodimimiz halok bo‘lganini katta qayg‘u bilan e’lon qilamiz”, deyiladi xabarda.
Agentlik hisobotida qayd etilishicha, BMT vakillaridan ba’zilari oilalari bilan birga uylarida o‘ldirilgan.
“Ba’zilar o‘z uylarida oilalari bilan o‘ldirilgan. UNRWA bu yo‘qotish uchun qayg‘uda. Halok bo‘lgan hamkasblarimizning oilalari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”.
So‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, qurolli to‘qnashuvlar oqibatida 1200 nafar falastinlik halok bo‘lgan, 5 ming kishi yaralangan. Isroil tomonidan qurbon bo‘lganlar esa 1200 nafarga yetgan. 2600 odam esa jarohatlangan.
LiveBarchasi