G‘azo xalqining g‘alabasi Amerika ustidan qozonilgan g‘alabadir – Xomanaiy

Olam

image

Bugun, 8 fevral kuni Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Falastinning HAMAS yetakchilik kengashi raisi va a’zolari bilan uchrashdi. Bu haqda IRNA xabar berdi.

Yig‘ilish avvalida HAMAS yetakchilik kengashi raisi Muhammad Ismoil Darvish Xomanaiyni G‘azodagi qarshilikning buyuk g‘alabasi bilan tabrikladi.

“Biz G‘azo qarshilik harakati g‘alaba qozongan kunlarning Islom inqilobi g‘alabasining yubileyiga to‘g‘ri kelganidan juda xursandmiz”, deydi u.

Harakat rahbarining o‘rinbosari Halil al-Hayya ham G‘azo qarshiliklarining g‘alabasi bilan qutladi.

“Bugun biz sizlarni kutib olishga boshimizni baland ko‘targan holda keldik va bu buyuk g‘alaba Islom Respublikasi bilan umumiy g‘alabamizdir”, ta’kidladi u.

Oyatulloh Ali Xomanaiy ham ushbu yig‘ilishda G‘azo shahidlari va qo‘mondonlari, xususan Ismoil Xoniyaning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

“Alloh taolo siz va G‘azo ahlini izzat va g‘alabaga erishtirdi”, degan u.

Xomanaiy, shuningdek, HAMAS sionistik rejimni yengish orqali aslida Amerikani mag‘lub etgani va ularning hech biri maqsadiga erishmaganini alohida aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 fevral kuni Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy armiya havo kuchlari va mudofaa qo‘mondonlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda agar amerikaliklar Eronga tahdid qilsa, Eron ham ularga qarshi tahdid qilishini aytgandi. U o‘z nutqi davomida mamlakat xavfsizligi, Eron va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar haqida gapirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin HAMAS Oyatulloh Ali Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing