G‘azo bo‘yicha sulhga erishish har qachongidan yaqinroq – HAMAS
Olam
−
21 dekabr
1184Falastinning HAMAS harakati va Isroil o‘rtasida G‘azo sektori bo‘yicha sulhga erishish ehtimoli har qachongidan yaqinroq. Bu haqda HAMAS bayonot berdi.
Qayd etilishicha, Misr poytaxti Qohirada o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng HAMASning Isroil tomoni bilan G‘azo sektori bo‘yicha sulhga erishish ehtimoli har qachongidan ham yaqinlashgan.
“Uchta fraksiya uchrashuvida Falastin xalqiga qarshi Isroilning tajovuzini to‘xtatishga bo‘lgan qiziqish ta’kidlandi, chunki Isroil bilan kelishuvga erishish imkoniyati ilgari hech qachon bo‘lmagan darajada yaqinlashdi, agar boshqa tomon (Isroil) yangi shartlar qo‘yishni to‘xtatsa”, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Bloomberg” isroillik rasmiylarga tayanib, Isroil hukumati va HAMAS harakati muzokaralarda katta yutuqqa erishganini va G‘azo sektorida sulh tuzishga yaqinlashganini xabar qilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mintaqada otashkesim o‘rnatilishi o‘tgan yilga nisbatan ancha realroq istiqbolga ega. Manbalar bu hafta muzokaralardagi ijobiy o‘zgarishlar fonida Isroildan bir ishchi guruhning Dohaga yo‘l olganini, u yerda kelishuv bo‘yicha vositachilar bilan aloqalarni tiklash rejalashtirilganini ma’lum qilgan. Isroil Mudofaa vaziri Isroil Katsning kecha, 16 dekabr kuni parlamentdagi nutqida bildirishicha, sulhga erishish "ilgari hech qachon bo‘lmagan darajada yaqin".
LiveBarchasi