G‘azo bo‘yicha maxsus tribunal tashkil etilishi mumkin

Olam

image

BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits G‘azo uchun maxsus tribunal tashkil etish mumkin, deb hisoblaydi. Bu haqda u “Financial Times” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"[Mojaro paytida sodir etilgan jinoyatlar uchun] jazosizlik hech qachon bunchalik katta bo‘lmagan. Va yordam xodimlarining o‘ldirilishi uchun jazosiz qolish hech qachon ko‘p bo‘lmagan... Bu urushda biz ko‘rayotgan jazosizlik keng tarqaldi", deydi Griffits.

Nashr suhbatdoshiga ko‘ra, maxsus tribunallar bunday jarayonlarga yaxshiroq tayyorlangan. 

"G‘azo bo‘yicha maxsus tribunal kerak bo‘lishi mumkin", deya qo‘shimcha qildi Griffits BMT bosh kotibining o‘rinbosari.

Ma’lumot uchun, Isroil kuchlarining G‘azo sektoridagi harbiy amaliyoti va G‘arbiy Sohilda kuchaygan to‘qnashuvlar tufayli 19 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan. Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, "Isroil hujumlari qurbonlarining 70 foizi ayollar va o‘smirlardir". Halok bo‘lganlar orasida BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish va ishlar agentligining 130 nafar xodimi ham bor.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bangladesh, Boliviya, Jibuti, Komor orollari va Janubiy Afrika Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi hujumlarini tergov qilishni talab qilib, Xalqaro jinoiy sud prokuraturasiga murojaat qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT G'azo Martin Griffits Financial Times

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing