G‘azna bo‘shab qoldimi? Markaziy bank raisi javob berdi

Jamiyat

image

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari yo‘qolib ketgani yo‘q. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

25 aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida QALAMPIR.UZ jurnalisti O‘zbekistonning asosiy jamg‘armasi sifatida xizmat qiladigan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining moliyaviy holati bo‘yicha Markaziy bank raisiga savol bilan yuzlandi:

“Byudjet defitsiti oshganda, tashqi qarz miqdori ko‘payganda iqtisodchilarning birinchi bo‘lib xayoliga keladigan  narsa Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi. Lekin ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra jamg‘armadagi mablag‘lar kamaygan. Ommaviy axborot vositalarida g‘azna bo‘shab qolgani haqidagi gaplar ham tez-tez uchrab turibdi. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasida qancha mablag‘ bor?”

Jurnalistning bu savoliga Mamarizo Nurmurodov quyidagicha javob berdi:

“Byudjet kodeksini qaraydigan bo‘lsak, kodeks qabul qilinganda shunday tamoyil bilan qabul qilindiki, FRRU (Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi) dan mablag‘ ishlatmaslik, minimum ishlatish masalasi, ishlatmaslik desak noto‘g‘ri bo‘ladi. Agar siz oltin valyuta zaxiralarimizga qaraydigan bo‘lsangiz, uning bir qismi FRRUning pullari. (Mablag‘ni tahr.) alohida ko‘rsatmaymiz. Men sizga ishonch bilan aytishim mumkin, g‘azna bo‘shab qolgani haqidagi gaplar noto‘g‘ri. FRRUda yil boshida qancha pul bo‘lgan bo‘lsa kurs o‘zgarishi yoki boshqa foizlik to‘lovlar hisobiga ozroq kamaygan bo‘lishi mumkin, lekin undagi pullar yo‘q bo‘lib ketmadi”, deydi Markaziy bank raisi Nurmurodov.


Maqola muallifi

Teglar

byudjet Markaziy bank g'azna

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made