“Gaz zapravkalari”ga cheklovlar qo‘yilgani haqidagi xabarlar rad etildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim “gaz zapravkalari”ga yana cheklovlar o‘rnatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi mazkur xabarlarni rad etdi

Aytilishicha, hozirda quvurlarda gaz bosimi bir maromda bo‘lib, respublika, xususan, vodiy viloyatlarida gaz to‘ldirish shoxobchalarining faoliyatini cheklashga hech qanday asos mavjud emas. Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining talabiga nisbatan 10-15 foizga ko‘p tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.

Shuningdek, ayrim gaz shoxobchalari faoliyatida noqonuniy holatlar, davlat va iste’molchilar manfaatlariga zarar yetkazilayotgani aniqlangan.
Hozirda tekshirish ishlari olib borilayotgani sababli ular faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekneftgaz” avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 benzini narxi oshirilmasligi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing