Gaz va suv uchun 6,5 mln so‘m qarzdorlik nohaq hisoblangani aniqlandi
Jamiyat
−
27 may 2019
4148O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Iste’molchilarga tabiiy monopoliya sub’ektlari tomonidan ortiqcha qarzdorlik hisoblanganligi to‘g‘risidagi fuqarolarning murojaatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida tabiiy monopoliya sub’ektlari tomonidan 2 ta holatda tabiiy gaz, 1 ta holatda ichimlik suvi va 2 ta xolatda issiqlik ta’minoti xizmatlari bo‘yicha iste’molchilarga 6,5 mln so‘m ortiqcha qarzdorlik hisoblanganligi aniqlanib, mazkur mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berildi hamda ularning manfaatlari himoya qilindi.
Misol uchun, “Toshissiqquvvati” DUK tomonidan fuqaro S.Rashidovga issiqlik ta’minoti uchun 1,4 mln so‘m ortiqcha qarzdorlik hisoblanganligi aniqlanib, iste’molchi foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
Shuningdek, o‘tkazilgan o‘rganishlarda iste’molchilarning asosli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan xolatlar yuzasidan tabiiy monopoliya sub’ektlariga kelgusida yuqoridagi qonunchilik talablariga rioya etilishi aks xolda qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.