Gaz xodimi avval pora oldi va jazodan qutilish uchun pora berdi

Jamiyat

image

“O‘ztransgaz” Samarqand viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filiali xodimi oktyabr oyida noqonuniy qarzdorlikni "yopish" uchun fuqarodan pora olgan, keyin esa shu fuqaroga pora taklif qilgan. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ishni “yopish bahosi” 2 mln so‘m

Xodim fuqaro xonadonida tashkil etilgan novvoyxonada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgan fuqaroga hujjat rasmiylashtirish o‘rniga 5 million so‘m jarima qo‘llashni aytib qo‘rqitgan. So‘ng ishni "yopish" uchun 2 mln so‘m pora so‘ragan.

Xodim 200 dollar bilan arizani qaytarishni so‘radi

Xodim 2 million so‘mni ishlatib yuborgan. Fuqaro Majburiy ijro byurosi Samarqand tumani bo‘limiga murojaat qilgach, gaz xodimi javobgarlikdan qutulish maqsadida shu fuqaroga arizani qaytarib olishni iltimos qilib, 200 dollar bergan.

Fuqaro esa firibgar xodim bergan pullarni MIB Samarqand tumani bo‘limiga topshirib, bo‘lgan voqeani aytib bergan.

Jinoyat ishi prokuraturaga yuborildi

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

gaz korruptsiya Samarqand

Baholaganlar

75

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing