G‘ayrioddiy yangi hasharot topildi

Bu qiziq

image

Kvinslend universiteti Ekologiya fakulteti aspiranti Jeyms Tvid o‘zining g‘ayrioddiy ko‘rinishi bilan ajralib turadigan uzun shoxli qo‘ng‘izning yangi turini kashf etdi. Uning rasmiy tavsifi "Australian Journal of Taxonomy" nashrida chop etilgan.

Ilmiy jurnalda yozilishicha, iqlim inqiroziga qaramay, biologlar yangi turlarni kashf etishda davom etmoqda. Avstraliyada topilgan qo‘ng‘iz "oq sochlar"i tufayli matbuotda "pank" laqabini oldi. Ushbu hasharot deyarli butunlay alohida tutamlardan iborat uzun oq tuklar bilan qoplangan. O‘rganishlardan so‘ng, entomologlar g‘ayrioddiy qo‘ng‘iz nafaqat alohida turga, balki kattaroq taksonomik guruhga loyiq degan qarorga kelgan. 

Qo‘ng‘iz Avstraliyaning sharqiy qismidagi Kvinslend shtatida, Binna Burra Loj lagerida topilgan. Hasharot lotincha "Excastra albopilosa Tweed, Ashman & Ślipiński, sp. nov." deb nomlangan. 

“Bu mutlaqo noyob mavjudot. Xuddi shunday sifatlarga ega hasharotlar juda kam. Men milliy markazdagi bir nechta olimlar bilan bog‘landim, ular qo‘ng‘izlar guruhi haqida to‘liq kitob yozgan. Avstraliya va butun dunyo muzeylarida o‘n minglab namunalarni o‘rganib, mutaxassislar bunday qo‘ng‘izni ilgari hech qayerda ko‘rmaganini aytdi”, deydi Tvid.


Maqola muallifi

Teglar

hasharot qo'ng'iz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar