Gattuzo Saudiya klubiga ustozlik qilishi mumkin

Sport

image

Italiya terma jamoasida jahon chempioni bo‘lgan sobiq futbolchi, “Milan” va “Napoli” klublarining sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi kutilmoqda. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 46 yoshli mutaxassis Burayda shahrining “Al-Tavun” klubiga murabbiy etib tayinlanishga yaqin turibdi.

Gattuzoning so‘nggi ish joyi Fransiyaning “Marsel” klubi bo‘ldi. U Marselni 2024 yilning fevralida tark etgan. 

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining joriy mavsumida Perikles Shamuska boshchiligidagi “Al-Tavun” turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. Pro-ligada poytaxt Ar-Riyodning “Al-Hilol” klubi allaqachon chempionlikni rasmiylashtirib bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Milan Jennaro Gattuzo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made