“Garri Potter” qahramoni Xitoyda yil ramziga aylandi

Bu qiziq

image

“Garri Potter” filmlar franshizasidagi qahramonlardan biri – Drako Malfoy Xitoyda ot yilining ramzlaridan biriga aylandi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Xitoy burjiga ko‘ra, ot yili 2026 yil 17 fevralda boshlanadi. Xitoy Yangi yili arafasida aholi an’anaviy ravishda uylarini omad va baraka ma’nosini anglatuvchi xitoycha “fu” belgisi bilan bezaydi. Malfoyning ismi xitoy tiliga “Ma-er-fu” tarzida tarjima qilinadi, bu yerda “ma” iyeroglifi “ot” ma’nosini anglatadi.

Nashr yozishicha, shu holat fonida onlayn-do‘konlar Malfoy rolini ijro etgan aktyor Tom Felton ishtirokidagi zeb-ziynat buyumlarini sotuvga chiqara boshlagan. 

2025 yil oxirida Tom Felton 2011 yilda “Garri Potter” haqidagi so‘nggi film suratga olinganidan beri ilk bor Malfoy roliga qaytdi. U Brodvey sahnasida “Garri Potter va la’natlangan bola” spektaklida debyut qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy “Garri Potter” Drako Malfoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing