Turkiyada o‘zbekistonlik bankka bostirib kirdi

Olam

Kecha, 17 dekabr kuni Turkiyaning Antaliya shahrida quroli va bombasi borligini aytgan erkak xususiy banklardan biriga bostirib kirdi. U bankning ayol xodimlarini chiqarib yuborib, erkak ishchilarni garovga olgan.

Tashqariga chiqqan ayollarning chaqirig‘i bilan voqea joyiga ko‘plab politsiya xodimlari yetib kelgan. Bankka kirgan politsiya xodimlari va bir bank qo‘riqchisi erkakni taslim bo‘lishga ko‘ndirilib, qo‘lga olgan.

Antaliya hokimiyati holat yuzasidan bergan bayonotida erkak 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekanini ma’lum qilgan. Erkakning oldida to‘pponcha topilgan, ammo hech qanday bomba bo‘lmagan.

1

Kasbi doktor bo‘lgan o‘zbekistonlik bank tomonidan aldangani va bunga mas’ullarning diqqatini tortish uchun shunday qilishiga majbur bo‘lganini bildirgan


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya o'zbekistonlik

Baholaganlar

102

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing