G‘arbning xarxashasi chegaradan chiqmoqda – Lavrov

Olam

image

Rossiyalik muxolitfatchi Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan G‘arbning xarxashasi chegaradan chiqmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Iordaniya Bosh vaziri bilan bo‘lgan muzokaralardan so‘ng gapirgan.

“G‘arbda nafaqat Navalniy bilan bog‘liq vaziyat, balki umuman Rossiya haqida so‘z borganda nima sodir bo‘layotganidan qat’iy nazar, ushbu voqealar “o‘zgacha” va bir tomonlama yoritiladi. Navalniyning sudi bilan bog‘liq biz eshitayotgan vahima, albatta haddan tashqari chegaradan chiqib ketdi”, deydi Tashqi ishlar vaziri Lavrov.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 fevral kuni Moskva sudi Federal jazoni ijro etish xizmatining iltimosini ijobay qondirib, rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniyni shartli jazosini real jazoga o‘zgartirdi. Endlikda muxolifat yetakchisi avval boshida o‘ziga tayinlangan 3,5 yillik jazoning 2,5 yildan ortig‘ini umumiy jazoni o‘tash kaloniyasida o‘tkazadi.

Ushbu sud qaroridan so‘ng, bir qator G‘arb davlatlari jumladan, AQSH Davlat departamenti, Germaniya va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirlari hamda Fransiya Prezidenti Navalniyni darhol qo‘yib yuborishni talab qilib chiqqan edi.

Navalniyni sud qilish jarayonida esa 20 ga yaqin davlat diplomatlari qatnashdi. O‘z navbatida, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova elchilarning ushbu xatti-harkatlarini mamlakat ichki ishlariga aralashish, deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

372

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing