G‘arblik “do‘st”laringizga ishonmang – Rossiya Armanistonga “nasihat” qildi
Olam
−
06 dekabr 2023 8964 1 daqiqa
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Armaniston fuqarolarini g‘arbliklarning yolg‘onlariga ishonmaslikka chaqirdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova bugun bo‘lib o‘tgan brifingda so‘z ochdi.
"G‘arb aldashni biladi. Men arman xalqining yana g‘arblik "do‘stlari"ga aldanib qolishini istamayman", degan u.
Misol tariqasida Zaxarova Fransiya tomonidan Armanistonga harbiy texnika yetkazib berilishini tilga olgan.
“Fransiyaga kelsak, bu ACMAT Bastion zirhli mashinalari likvid emas. Armanistonga soxta qurollar G‘arb tomonidan yetkazib beriladi. Nega u soxta? Chunki turli mamlakatlarda ishlab chiqarilgan bu harbiy texnika hech qachon mudofaa qobiliyatini oshirishga hissa qo‘shgani yo‘q”, deya qo‘shimcha qilgan Zaxarova.