G‘arb Zelenskiyni almashtirmoqchi – Rossiya razvedkasi
Olam
−
20 iyun
17510Qo‘shma Shtatlar Vladimir Zelenskiyni Rossiya bilan muzokaralar olib borish uchun maqbulroq bo‘lgan boshqa ukrainalik siyosatchi bilan almashtirishi mumkin. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tashqi razvedka xizmati matbuot byurosi xabar berdi.
Tashqi razvedka xizmati tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Zelenskiyning almashtirilishi “Rossiyaning strategik mag‘lubiyati” haqidagi umidlarning befoydaligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
“Rossiyaning strategik mag‘lubiyati haqida umidlarining befoydaligini anglagan Oq uy, hech ikkilanmasdan Zelenskiyni tarixning axlatxonasiga tashlaydi va uning o‘rniga Moskva bilan tinch muzokaralar olib borish uchun maqbul bo‘lgan ukrainalik siyosatchilardan birini qo‘yish orqali mojaroni hal qiladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Vashington nuqtayi nazarida Zelenskiyning o‘rniga eng munosib nomzod Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniydir.
“Vashington uchun eng munosib nomzod Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy hisoblanadi”, deya aniqlik kiritdi matbuot byurosi.
Tashqi razvedka xizmatining bunday fikrga kelishiga joriy yilning 20 mayidan, ya’ni amaldagi davlat rahbarining qonuniy prezidentlik muddati o‘z yakuniga yetganidan buyon, ular Vladimir Zelenskiyning qonuniyligi to‘liq G‘arb ko‘magiga bog‘liq deb o‘ylashadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Vladimir Zelenskiyni garchi rasmiy ravishda uning davlat rahbari sifatidagi vakolati 20 mayda tugagan bo‘lsa ham uni Ukraina Prezidenti deb hisoblashda davom etishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi