G‘arb va Kiyev Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi uchun yer almashishni muhokama qilmoqda

Olam

image

G‘arb diplomatlari va Ukrainadagi rasmiylar soni ortib borayotgani Rossiyaning Ukrainadagi harbiy agressiyasini to‘xtatish uchun Ukraina hududlari ustidan nazoratni saqlab qolish sxemasi bo‘lishi haqida bir fikrga kelmoqda. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

“Ukraina o‘zining harbiy maqsadlarini qisqartirdi. Rossiya tomonidan so‘nggi o‘n yil davomida bosib olingan yerlarni qaytarish niyatida bo‘lsada, afsuski, buning uchun unga xalq, qurol va G‘arbning yordami yetishmayapti”, deb yozadi nashr.

Hududlarning bir qismidan voz kechish Ukraina hukumati va ularning g‘arbiy ittifoqchilari Rossiya Federatsiyasining 2014 yildan beri egallab olgan yerlari ustidan suverenitetini tan olishini anglatmaydi.

“Bu yerlarning kelajakda diplomatik yo‘llar bilan qaytarilishi kerakligi to‘g‘risida so‘zsiz kelishuv mavjud. Ukrainaning NATOga a’zoligiga kelsak , u “G‘arbiy Germaniya” deb ataladigan modelga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin, bunda Ittifoqning xavfsizlik kafolatlari faqat Kiyev nazorati ostidagi hududlarga tegishli bo‘ladi”, deyiladi gazetada.

O‘sha nashrning avvalroq e’lon qilingan ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH Prezidenti Jo Bayden Oq uyni tark etishdan oldin Yevropaga so‘nggi safari chog‘ida Ukrainaning NATOga kirishi bo‘yicha muhim qaror qabul qilishi mumkin. Gap 12 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Ramshteyn formatida Ukraina bo‘yicha aloqa guruhining navbatdagi yig‘ilishi haqida ketmoqda.

“Bu 25-uchrashuv, lekin yetakchilar darajasidagi birinchi uchrashuv bo‘ladi. Biz “g‘alaba rejasi”ni, urushni adolatli tugatish uchun aniq rejalarni taqdim etamiz. Rossiya agressiyasini to‘xtata oladigan narsa bu – hamkorlarni aniqlash”, deb yozdi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 5 oktyabr kuni o‘zining Telegram-kanalida.

G‘arbning yana bir yuqori martabali amaldori FT'ga Ukrainaning NATOga qabul qilinishi Rossiyaga qarshi kurashda qolgan yagona strategiya ekanligini aytgan. Ammo gazetaning yozishicha, hech kim buni baland ovozda aytmaydi. Nashrning qayd etishicha, alyansning 32 a’zosidan faqat bir nechtasi Ukraina NATOga to‘liq, uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatish va xaritada Ukraina hududini belgilab beruvchi aniq chiziq paydo bo‘lishidan oldin qo‘shilishi mumkin, deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Atlantika alyansining sobiq rahbari Yens Stoltenberg “Financial Times” nashri jurnalistiga bergan intervyusida Rossiya Federatsiyasi tomonidan boshlangan urush paytida Ukrainaning NATOga kirishi Shimoliy Atlantika alyansini to‘g‘ridan-to‘g‘ri urush ishtirokchisiga aylantirmasligi, chunki bu holda xavfsizlik kafolatlari Rossiya Federatsiyasi tomonidan bosib olingan hududlarga taalluqli bo‘lmasligi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, alyans mamlakatlari orasida Ukrainaning NATOga qabul qilinishiga qarshi bo‘lganlar o‘z pozitsiyalarini bu holatda NATO Nizomining 5-moddasi qo‘llanilishini ta’kidlamoqda – bu barcha ittifoq davlatlarining uning a’zolaridan biriga qarshi boshlangan jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etishini nazarda tutadi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina G'arb diplomatlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing