G‘arb Ukrainada urush qo‘zg‘atib, Rossiyaga to‘nkamoqchi – Lavrov

Olam

image

G‘arb davlatlari Ukrainada “kichik urush” qo‘zg‘atmoqchi, keyin esa hamma narsada Rossiyani ayblamoqchi. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov shunday fikr bildirdi.

“Men bunday istak shunchaki militaristik kayfiyatni kuchaytirish, kichik urush olib borish va keyin bizni ayblash, raqobatbardoshligimizni bostirish uchun yangi sanksiyalar joriy etish ekanligini istisno qilmayman”, deydi Lavrov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va NATO davlatlari “2014 yildan beri (Ukrainaga – tahr.) 2,5 milliard dollarlik o‘q-dorilar, qurol-yarog‘ va hujumkor tizimlar yetkazib bergani bilan maqtanib, qurol-yarog‘ ko‘paytirmoqda”.

“Oktyabr-noyabr oylarida salkam yana yuz million (dollar – tahr.) va Javelin (nayza, o‘q), tankga qarshi tizimlar va o‘q-dorilar yetkazib berilgani haqida xabarlar bor edi”, deya qo‘shimcha qilgan Tashqi ishlar vaziri.

Eslatib o‘tamiz, ikki davlat o‘rtasidagi chegara bilan bog‘liq jiddiy ziddiyatlar 2014 yil Ukrainaga qarashli Qrimning Rossiya tomonidan bosib olinishi ortidan alanga olgandi. 2013 yil ukrain xalqi, Prezident Yanukovichni Rossiyaga sotilganlikda va Rossiya bosimi ostida g‘arb bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarni uzishga urinayotgalikda ayblab, davlat to‘ntarishi o‘tkazgandi. Norozilik aksiyalari o‘tkazilishi ortidan mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotida jiddiy to‘siqlar vujudga kelgan.

Yevropa ommaviy axborot vositalari va AQSH razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Rossiya o‘zining G‘arbiy chegara hududida 175 ming askar to‘plamoqda. Xalqaro hamjamiyat esa buni Ukrainaga tahdid sifatida baholamoqda. Ayni vaqtda kun tartibida turgan ushbu masala, 7 dekabr kuni Putin va Bayden o‘rtasida kechgan muloqotda ham muhokama qilindi.

Germaniyaning “Bild” gazetasi hatto Rossiya Ukrainaga bostirib kirish uchun ikkita hujum rejasini ishlab chiqqani haqida xabarlar tarqatdi. Nemis nashri hujum 2022 yil boshida amalga oshirilishiga ishonch bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

220

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing