G‘arb Ukraina o‘z hududlarini qaytarishi dargumon deb hisoblaydi – “El Pais”
Olam
−
05 fevral
8338G‘arb davlatlari Ukrainaga yo‘qotilgan hududlarining qaytarilishi dargumon ekanligini aytmoqda. Bu haqda Ispaniyaning “El Pais” gazetasi xabar berdi.
“AQSH va Yevropa Ukrainaga hududining Rossiya bosib olgan qismi evaziga xavfsizligini uzoq muddatga kafolatlash zarurligini maslahat bermoqda”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mojaro qancha uzoq davom etsa, Kiyev ittifoqchilari unga yordam qo‘lini cho‘zishlari shunchalik qiyinlashadi. Xususan, AQSHda respublikachilar va demokratlar o‘rtasida davomiy harbiy yordam borasida kelishmovchiliklar mavjud. Hatto so‘nggi paytlarda Prezident Jo Baydenning so‘zlarida ham o‘zgarish yuz bergan. Misol uchun, oldin Bayden Vashington Kiyevni har qanday vaziyatda, nima bo‘lishidan qat’i nazar qo‘llab-quvvatlashini aytgan bo‘lsa, 2023 yilning dekabrida u Qo‘shma Shtatlar Ukrainani qo‘lidan kelgancha qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda davom etishini bildirgan.
Ma’lumot uchun, 2022 yilning sentyabrida aslida Ukraina hududida bo‘lgan tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Zaporoje viloyatining bir qismi Rossiya tarkibiga qo‘shib olingan. Bundan tashqari, 2014 yilda Rossiya Qrimni anneksiya qilgan.
Ukraina esa Qrimni vaqtinchalik bosib olingan hudud deb biladi va ko‘plab g‘arb davlatlari bu masalada Kiyevni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Ulkanbayeva Rayhona
LiveBarchasi