G‘arb Rossiyaga qarshi sanksiya kiritishga tayyor – Shols
Olam
−
09 fevral 2022 8643 2 daqiqa
Ukraina atrofidagi vaziyat jiddiylashib borishiga qarab Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash uchun G‘arb doim tayyor. Bu haqda, bugun 9 fevral kuni Daniya Bosh vaziri bilan o‘tkazilgan matbuot najumanida Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Olaf Shols ma’lum qilgan.
Germaniya rahbarining qo‘shimcha qilishicha, hozirda Kremlga qarshi kiritiladigan sanksiyalar paketi tayyorlanmoqda.
"Rossiyaga qarshi qo‘llanadigan sanksiyalar borasida biz birgalikda harakat qilamiz degan fikrdamiz. Ular hozir tayyorlanish bosqichida.
Agar vaziyat o‘zgaradigan bo‘lsa, biz istalgan vaqtda, Germaniya, AQSH, Yevropa va NATO davlatlari bilan birgalikda qaror qabul qilishimiz mumkin. Va bu, menimcha, juda samarali qadam bo‘ladi. Bu Rossiya tushunadigan signaldir”, degan Germaniya kansleri.
Ammo u G‘arb rejalashtirayotgan saksiyalar haqida aniq ma’lumotlarni ochiqlashni istamagan.
“Biz butun sanksiyalar ro‘yxatini ochiqlamaslikka qaror qildik. Menimcha, bu mantiqiy jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi. Ukraina atrofida biz birlashishimiz kerak. Shunday bo‘lmoqda ham", deya ta’kidlagan Germaniya rahbari.
Bundan tashqari, u kelgusi haftada rasmiy tashrif bilan Rossiya va Ukrainada bo‘lishi haqida ham gapirgan.
“Ikki davlat rahbarlari bilan uchrashuv mobaynida men ham Prezident Makron to‘xtalib o‘tgan masalalar borasida muzokara olib boraman”, degan GFR rahbari.
Sholsga ko‘ra, Ukraina xavfsizligini ta’minlash va Rossiya agressiyasiga qarshi turish uchun G‘arb davlatlari birlashishi kerak.
“Boshqa tomondan, agar Ukrainaga qarshi harbiy tajovuz uyushtiriladigan bo‘lsa, uni bartaraf etish uchun jadal tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak”, deya qo‘shimcha qilgan Shols.
Eslatib o‘tamiz, joriy hafta 7-8 fevral kunlari Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron taranglashib borayotgan Ukraina-Rossiya mojarasi yuzasidan muzokaralar o‘tkazish uchun Moskva va Kiyevda bo‘ldi.
Muzokalar davomi sifatida, Germaniya kansleri Olaf Shols 14 fevral kuni Rossiya va 15 fevral kuni Kiyevda bo‘lishi rejalashtirilgan.
Live
Barchasi