G‘arb Rossiya-Ukraina o‘rtasiga provokatsiya urug‘ini sepdi – Erdo‘g‘an

Olam

image

G‘arb Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi urushga faqat provokatsion elementlarni kiritdi va vositachi bo‘lishga qilmadi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 25 dekabr kuni Erzurum viloyatida yoshlar bilan uchrashuvda so‘z ochdi. 

“Afsuski, bu urushda G‘arb faqat provokatsion unsurlarni harakatga keltirdi va vositachi bo‘lishga harakat qilmadi. Turkiya sifatida biz 2022 yilda vositachilik rolini o‘z zimmamizga oldik va Xudoga shukur, Qora dengiz don yo‘lagini boshqardik”, deydi Erdo‘g‘an.

Uning so‘zlarigaa ko‘ra Rossiya bilan amalga oshirilgan g‘alla yo‘lagi orqali don-dun eng avvalo qashshoq mamlakatlarga, shuningdek Yevropaga yuborilgan. Erdo‘g‘anning qayd etishicha, Putin donni ko‘proq qashshoq mamlakatlarga yuborish tarafdori bo‘lgan. 

“Albatta, janob Putin: “Keling, shunday qilaylik, Yevropaga emas, Afrikaga e’tibor qarataylik, tekinga don jo‘natish uchun keldim”, dedi. Siz yuborgan donni unga aylantirib, Rossiya, Turkiya, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga, shu tariqa qashshoq Afrika mamlakatlariga jo‘natamiz” deb javob berdik”, deydi Prezident.

Shu bilan birga, Turkiya yetakchisi Ukrainadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilinishi natijasida Yevropa Ukrainadan eksport qilingan g‘allaning qariyb 44 foizini, Turkiya – 16 foizini, Afrika davlatlari – 14 foizini olganini ta’kidladi. 

Erdo‘g‘anga ko‘ra, ish faqat don bilan yakuniga yetmagan. 

“Albatta, hozir ishning yanada qizg‘in qismi, o‘g‘it masalasi bor. Yana umid qilamanki, biz Rossiya bilan birgalikda qadam tashlaymiz. Eng muhimi, 2023 yilda biz uchun muhim bo‘lgan narsa Qora dengizdagi tabiiy gaz hodisasidir. Umid qilamizki, biz ushbu tabiiy gaz zaxirasini qazib olish orqali bu qadamni tashlaganimizdan so‘ng, Turkiya juda boshqacha natijaga erishgan bo‘ladi”, deydi Erdo‘g‘an. 

Ukrainadan oziq-ovqat eksporti bo‘yicha kelishuvlar 22 iyul kuni Istanbulda 120 kunga tuzilgan edi. Bitimlardan biri dastlab 19 noyabrgacha amalda bo‘lgan va Kiyev tomonidan nazorat qilinadigan Odessa, Chornomorsk va Yujniy portlaridan don eksport qilishni tartibga solgan. Kelishuvlar 17 noyabr kuni yana 120 kunga uzaytirildi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi kelishuvga aloqador tomonlarning (Rossiya, Ukraina, Turkiya, BMT) e’tirozlari bo‘lmagani uchun kelishuv avtomatik ravishda uzaytirilganini tushuntirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

203

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing