G‘arb Kiyevga ukrainalik qochqinlarni qaytarishda yordam bermaydi

Olam

image

G‘arb davlatlari Kiyevga o‘z hududida harbiy xizmatga majbur qilingan qochqin ukrainaliklarni topishda va ularni Ukrainaga jo‘natishda yordam berishdan bosh tortdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bu haqda ittifoqchilardan ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida so‘ragan. Biroq, Polshadan Vengriyagacha bo‘lgan mamlakatlar siyosatchilari urush davom etar ekan, ukrain qochqinlarini o‘z vatanlariga yubormasliklarini aytishgan. 

Ukraina rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 24 fevraldan boshlab 650 mingga yaqin safarbarlik yoshidagi erkaklar chet elga ketishgan. Harbiy xizmatchilarning yetishmasligi sharoitida Kiyev ularni qaytarib olishga harakat qilmoqda. 2024 yil 23 apreldan boshlab chet eldagi Ukraina diplomatik vakolatxonalari Ukrainaga qaytish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishdan tashqari, 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklarga konsullik xizmatlarini ko‘rsatishni to‘xtatdi.

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba buni mamlakatda urush davom etayotgani va chet elda bo‘lish safarbarlik ostida bo‘lgan fuqarolarni vatan oldidagi majburiyatlaridan ozod qilmasligi bilan izohladi. 

"Odamlarimiz chet elda o‘tirib, uzoq frontda kimdir jang qiladi, bu davlat uchun jonini fido qiladi, deb hisoblasa, lekin shu bilan birga, ushbu davlatdan xizmatlar olsa, bunday ish bo‘lmaydi", dedi Dmitriy Kuleba.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi (UNHSR) ma’lumotlariga ko‘ra,  2022 yil fevral oyidagi Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan keyin mamlakatni tark etgan 6 millionga yaqin ukrainaliklar xorijda qochqin bo‘lib qolmoqda. Ukraina Markaziy bankining prognozlariga ko‘ra, 2024 yilda yana 400 ming kishi mamlakatdan chiqib ketadi.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ukraina Kiev G'arb

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing