G‘arb Kiyevdan rahmat eshitmoqchi edi, ta’na emas – London
Olam
−
12 iyul 2023
10574G‘arb davlatlari tezlashtirilgan tartib ostida mamlakatni NATOga qabul qilishdan bosh tortish qarorlarini tanqid qilish o‘rniga, Ukrainadan harbiy texnika yetkazib bergani uchun minnatdorlik so‘zlarini eshitishni xohlaydi. Bu haqda Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles alyansning Vilnyusdagi sammiti arafasida bo‘lib o‘tgan NATO jamoat forumida gap ochdi.
“Siz xohlaysizmi yo yo‘q, odamlar ozgina minnatdorlik ko‘rishni istaydi. Ba’zan siz mamlakatlardan o‘z qurol-yarog‘ zaxiralaridan voz kechishni so‘raysiz”, degan Uolles.
Shuningdek, u vaqti-vaqti bilan Amerikadagi Kapitoliy tepaligidagi qonunchilarni qiyin muzokaralar paytida u yoki bu harbiy texnikani Ukrainaga topshirishga ko‘ndirishga urinib kelganini qo‘shimcha qilgan.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirining aytishicha, o‘tgan yilgi Ukrainaga safari chog‘ida Kiyev rasmiylari unga Ukraina Qurolli kuchlari uchun zarur bo‘lgan qurollar ro‘yxatini taqdim etgan, bu esa unga “do‘konga borish”ni eslatgan.
"Bilasizmi, biz Amazon emasmiz. Men o‘tgan yili buni ularga aytgandim. U yerda ro‘yxatni olish uchun 11 soat yurgandim", deydi Ben Uolles.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Twitter'dagi sahifasida NATO Vilnyusdagi sammitda Kiyevni alyansga taklif qilish muddati bo‘yicha aniq qarorlar qabul qilmoqchi emasligidan noroziligini bildirgan, Ukraina hurmatga loyiq ekani, hamkorlarning “noaniqligi”ni esa zaiflik deb bilishini aytgandi. Shundan so‘ng, “The Washington Post” nashri NATO sammitida ishtirok etayotgan AQSH rasmiylari Zelenskiyning bayonotidan g‘azablanganini yozdi.
LiveBarchasi