G‘arb xushlamayotgan Putin va Si Szinpin G20 sammitiga borishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin Balidagi “Katta yigirmatalik” G20 sammitida shaxsan ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kecha, 18 avgust kuni Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo “Bloomberg” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Si Szinpin keladi. Prezident Putin ham menga kelishini aytdi”, deya Vidodo so‘zlarini keltiradi agentlik. 

Indoneziya prezidenti, shuningdek, yirik davlatlar rahbarlari o‘rtasida muloqot uchun yetarli joy bo‘lishi kerakligini aytgan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi agentlikning davlat rahbarining sayohat rejalari bo‘yicha izoh berish so‘roviga javob qaytarmagan. Qayd etilishicha, Si Szinpin 2020 yilda koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri mamlakat tashqarisiga chiqmagan.

18 avgust kuni Kreml matbuot xizmati Putin Vidodo bilan telefon orqali gaplashgani, jumladan Balidagi G20 sammitiga tayyorgarlik masalasini muhokama qilgani haqida xabar berdi.

G20 sammiti 15-16 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida offlayn rejimda o‘tkaziladi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov avvalroq Putin tadbirda shaxsan ishtirok etish yo etmasligi masalasi hal qilinmaganini qayd etgandi.

Ukrainada Putin G20 sammitiga borsa, Prezident Vladimir Zelenskiy ham Indoneziyaga borishi mumkinligi aytildi.

Qayd etish kerakki, Rossiya Prezidenti Putin Ukrainadagi urush sabab, Xitoy raisi Si Szinpin esa Tayvan bog‘liq vaziyat sabab G‘arb davlatlarining tanqidlariga uchrayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Si Tszin'pin

Baholaganlar

285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing