G‘arb davlatlari vahima ichida qolgan – Erdo‘g‘an
Olam
−
08 Sentabr 2022 15906 1 daqiqa
G‘arb davlatlari qish arafasida narxlarning ko‘tarilishi mumkinligidan xavotirga tushib qolgan. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Xorvatiyada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytdi.
“Energetika inqirozi mavzusi bor, narxlar ko‘tarilmoqda. Endi G‘arb bu qishni qanday o‘tkazishni o‘ylab, vahima ichida qolgan”, deydi Erdo‘g‘an.
U oqilona qadamlar yordamida mamlakatlarning bu sinovlardan omon qolishiga umid bildirgan. Biroq Prezident qanday qadamlar haqida gapirayotganini aniq aytmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Turkiya Prezidenti G‘arb davlatlari Rossiyaning Ukrainadagi urushi bo‘yicha noto‘g‘ri pozitsiyani egallaganini aytgandi.
Farangiz Salimova
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr