“Galatasaroy” - “Fenerbaxche” o‘yinining bekor qilinishi sababi ochiqlandi 

Sport

image

Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan “Galatasaroy” va “Fenerbaxche” o‘rtasidagi mamlakat Superkubogi finalida jamoalarning ishtirok etmasligiga oid bir nechta sabablar ma’lum bo‘ldi. 

Aytilishicha, “Fenerbaxche” klubi rahbari Ali Koch o‘yin boshlanishiga yarim soat qolganida, Turkiya Superkubogi uchun o‘yin o‘tkazilmasligini xohlab qolgan. Ma’lum bo‘lishicha, Saudiya Arabistoni rasmiylari va o‘yin tashkilotchilari jamoalarga bir nechta talablar qo‘ygan. 

Jumladan, jamoa futbolchilarining stadionga Mustafo Kamol Otaturkning surati tushirilgan futbolkalarini kiyib chiqishi, stadionga Otaturk rasmi bor plakat va “Uyda tinchlik, jahonda tinchlik” yozuvli bannerlarini olib kirmaslik va Turkiya madhiyasini yangrashi taqiqlangan. 

Biroq biroz vaqt o‘tib Davlat madhiyasi bilan bog‘liq ayrim kelishmovchiliklar borligi iddao qilingan bo‘lsa-da, Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) ham, Prezidentlik aloqa boshqarmasi ham bu iddaolarning haqiqatdan yiroq ekanini e’lon qildi.

Muammolar bartaraf etilmaganidan so‘ng, TFF, klublar va Saudiya Arabistoni rasmiylari o‘rtasida soatlab muhokamalar bo‘lgan, biroq tomonlar murosaga kela olmay, bahs bekor qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Fenerbaxche Galatasaroy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing