G‘alaba paradidan keyingi banketda Lukashenko va Japarov nega qatnashmadi?
Olam
−
10 may 2023
18342Kecha, 9 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan G‘alaba paradidan keyingi davlat yetakchilarining kechki ovqatdagi o‘tirishi aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Rasmda Sadir Japarov va Aleksandr Lukashenko yo‘q edi. Belarus fuqarosining ahvoli yomonlashgani aytildi. Sadir Japarov esa Tojikiston Prezidenti bilan bir dasturxonga o‘tirishdan bosh tortgan, deb taxmin qilinmoqda.
Qirg‘iziston Prezidenti matbuot kotibi Erbol Sultonbay Sadir Japarov Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgani uchun Kremldagi norasmiy kechki ovqatda ishtirok etmaganini ma’lum qildi.
Sultonbayning bildirishicha, Japarov 8 may kuni kechqurun davlat rahbarlarining norasmiy kechki ovqatida ishtirok etgan. Ertasi kuni G‘alaba paradidan so‘ng Qirg‘iziston delegatsiyasi rasmiy tashrifning navbatdagi tadbiriga – Mixail Mishustin bilan muzokaralarga jo‘nab ketgan.
Japarovning matbuot kotibi Imomali Rahmon bilan Japarov o‘rtasida ziddiyat bor-yo‘qligi, aynan shuning uchun bir dasturxonda o‘tirmagan bo‘lish ehtimoli haqida biron gap aytmagan.
Shuningdek, Aleksandr Lukashenko G‘alaba paradida qo‘li bog‘langan holda ko‘rinish berib, o‘zining ahvoli yomonlashgan bo‘lishi mumkinligi haqida shubxalarni keltirib chiqardi.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Lukashenko 9 may kuni Moskvadagi G‘alaba paradiga taklif etilgan xorijiy davlat rahbarlarining norasmiy nonushtasida qatnashmasligiga uning Minskdagi tadbirlarni rejalashtirgani sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Peskovning aytishicha, o‘sha kuni Belarusda ham G‘alaba kuni munosabati bilan tadbirlar bo‘lib o‘tgan va Lukashenko ularda qatnashgan.
Eslatib o‘tamiz, bu yil Moskvada bo‘lib o‘tgan G‘alaba paradiga xorijiy davlat yetakchilaridan yetti nafar MDH davlati vakillari tashrif buyurdi. Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston prezidentlari – Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Serdar Berdimuhamedov, Sadir Japarov, Imomali Rahmon hamda Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Aleksandr Lukashenko hamda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etdi.
LiveBarchasi