“GAI” xodimi haydovchining soqoliga e’tiroz bildirgani bo‘yicha tekshiruv boshlandi

3-sahifa

image

Bugun, 12 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqda Yo‘l-patrul xizmati xodimi haydovchining soqol o‘stirganiga e’tiroz bildirgani aks etgan video tarqaldi. Holatga Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, video lavhadagi holat o‘rganilganda, joriy yilning 5 sentyabr kuni soat 09:30 larda, Navoiy shahar, Islom Karimov ko‘chasida sodir bo‘lgani aniqlangan. Shu ko‘chada xizmat olib borayotgan Navoiy viloyati IIB YHXB inspektori O‘.Halimov Spark rusumli 85 581 TTD davlat raqam belgili avtomobil haydovchisiga to‘xtash ishorasini bergan.

O‘zaro muloqot vaqtida YPX inspektori haydovchining soqol o‘stirganlik holatiga e’tiroz bildirgan. Xodimning ushbu e’tirozlarini haydovchi shaxsiy uyali aloqa vositasi orqali video tasvirga olgan. Video tasvir ijtimoiy tarmoqda tarqalgan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Tekshiruv xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy YPX

Baholaganlar

1096

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing