“Gadoy arazlasa to‘rvasiga ziyon”. Zaxarova Armanistonning KXSHTdan ranjiganiga munosabat bildirdi

Olam

image

Yerevan rasmiylarining Armanistonning KXSHTdan chiqishi haqidagi tortishuvlari o‘z xatolari uchun javobgarlikni bo‘yinlaridan soqit qilishdir. Ushbu fikrni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova kecha, 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

“Armanistonning o‘z so‘rovlariga Rossiyadan javob olmagani oqibatida boshqa bir muqobil izlashga majbur bo‘lgani haqidagi tushuntirishlari va Armaniston KXSHTni tark etmayotgani haqidagi bayonotlari – menimcha, bu shunchaki o‘zlarining noto‘g‘ri harakatlari uchun javobgarlikni gardanidan soqit qilishdir”, deydi Mariya Zaxarova.

Shuningdek, u Yerevan rasmiylarining vektorni o‘zgartirmasdan, Armanistonning tashqi siyosat yo‘nalishini diversifikatsiya qilish haqidagi so‘zlariga izoh bergan. 

“Men bularning barchasini nafaqat bayonotlar shaklida eshitishni, balki hammasi amalda qanday ko‘rinishini tushunishni istardim", deb davom etgan Zaxarova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ritorika haqiqiy niyatlarni yashirish uchun ochiq urinishdir.

"Gap respublikaning tashqi siyosatdagi yo‘nalishini tubdan o‘zgartirish haqida ketayotgani aniq", deydi Rossiya TIV rasmiy vakili.

Uning ta’kidlashicha, tegishli siyosat Yerevan tomonidan G‘arbning aniq taklifi bilan olib borilmoqda.

“Boshqa tomondan, ular buni har tomonlama kamuflyaj qilishga (biroz o‘zgartirish) harakat qilmoqda va shu yo‘l bilan bir xil darajadagi yordam va maxsus munosabatlarni saqlab qolishlari mumkinligiga ishonadi. Bularning barchasi yaqqol ko‘rinib turibdiki, buni so‘zlar yoki formulalar ortiga yashirib bo‘lmaydi”, deya xulosa qilgan diplomat.

Xabaringiz bor, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan avvalroq Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoga Minskga borish niyati yo‘qligi, 23 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan KXSHT sammitida ishtirok etmasligini ma’lum qilgandi. Bunga javoban Mariya Zaxarova Armanistonning KXSHT tadbirlarida ishtirok etishdan bosh tortishi uning xalqi manfaatlariga javob bermasligini bildirdi.

KXSHTga a’zo davlatlar vazirlari va davlat rahbarlarining uchrashuvlariga Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston Mariya Zaxarova KXShT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing