Gabonning ag‘darilgan prezidentiga mamlakatni tark etishga ruxsat berildi

Olam

image

Gabondagi harbiy qo‘zg‘olon tashkilotchilari lavozimidan ag‘darilgan mamlakat prezidenti Ali Bongo Ondimbaga mamlakatni tark etishga ruxsat berdi. Bu haqda davlat to‘ntarishiga rahbarlik qilgan general Bris Oligui Nguyema ma’lum qildi.

“U harakat erkinligiga ega. Xohlasa xorijga ham ketishi mumkin”, deydi general milliy televideniyeda.

Polkovnik Ulrix Manfumbining qo‘shimcha qilishicha, qaror Ali Bongo Ondimbaning sog‘lig‘i holatini hisobga olgan holda qabul qilingan. Agar u tibbiy ko‘rikdan o‘tishni xohlasa, ketishga ruxsat beriladi.

2018 yilning oktyabr oyida Gabonning taxtdan ag‘darilgan prezidenti insultga uchragan. Oqibatda uning jismoniy holati yomonlashgan, o‘ng oyog‘i va qo‘lini qimirlatishda qiynalgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 avgust kuni Gabondagi harbiy guruh jamoat televideniyesi orqali 14 yildan beri hokimiyatda bo‘lgan va 26 avgust kuni uchinchi muddatga qayta saylangan Prezident Ali Bongoning iste’foga chiqarilishini e’lon qilgandi. Keyinchalik Ali Bongo uy qamog‘iga, o‘g‘li esa hibsga olindi. Ayni paytda davlat to‘ntarishi tashkilotchilari saylov natijalarini haqiqiy emas deb e’lon qilgan, barcha hokimiyat institutlarini tarqatib yuborgan va mamlakat chegaralarini yopib qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Gabon Ali Bongo Ondimba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing