G7 TIV rahbarlari Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qilmoqda

Olam

image

G7 Tashqi ishlar vazirlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolish, shuningdek, cheklovchi choralarga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi. Bu haqda ular Yaponiyaning Karuizava shahrida bo‘lib o‘tgan G7 Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi doirasidagi Ukraina atrofidagi vaziyatga bag‘ishlangan sessiyada ma’lum qilishdi.

“G7 Rossiyaga qarshi keskin sanksiyalarni saqlab qolishini, shuningdek, Ukrainani kuchli qo‘llab-quvvatlashda davom etishini tasdiqladi”, deyiladi tadbir tashkilotchilari bayonotida. 

Bundan tashqari, ular sanksiyalardan bo‘yin tovlash va uchinchi davlatlar tomonidan Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berishga qarshi kurashish borasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olgan.

Shu munosabat bilan yig‘ilishga raislik qilgan Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayashi Global Janub davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidlagan. Uning aytishicha, mazkur rivojlanayotgan davlatlar neytral pozitsiyani egallab, Moskvaga nisbatan sanksiyalar siyosatiga qo‘shilmayapti.

Shuningdek, G7 Tashqi ishlar vazirlari Rossiyaning Belarusda taktik yadro qurolini joylashtirish qarorini qoralagan. Yaponiya Tashqi ishlar vaziri bu qaror “vaziyatning yanada keskinlashishiga olib keladi”, degan fikrni bildirgan.

Ma’lumot uchun, Yaponiya 2023 yilda G7'ga raislik qilmoqda va may oyida Xirosima shahrida sammit o‘tkazadi. 16-18 aprel kunlari esa G7 Tashqi ishlar vazirlarining Karuizavada uchrashuvlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Yaponiya Ukraina G7

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing