G7 davlatlari Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishda davom etishga kelishib oldi
Olam
−
21 Oktabr
1780G7 davlatlari Kiyevni NATOga a’zo bo‘lish yo‘lida qo‘llab-quvvatlashini va “qisqa va uzoq muddatda” Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishda davom etishini ma’lum qildi. Bu haqda 19 oktyabr, shanba kuni e’lon qilingan Mudofaa vazirligi rahbarlarining Neapoldagi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan bayonotda ma’lum qilingan.
“Biz Ukrainaga yordam ko‘rsatishni davom ettirish niyatimizni ta’kidlaymiz, shu jumladan, qisqa va uzoq muddatda harbiy yordam”, deyiladi uchrashuv yakunlari bo‘yicha bayonotda.
Qayd etilishicha, Neapoldagi muzokaralarda Yevropa Ittifoqi, NATO vakillari va Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov ham ishtirok etgan. Tashkilotga a’zo mamlakatlar vakillari Yaqin Sharqdagi mojaroga ham to‘xtalib, G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini “sezilarli va barqaror oshirish” haqida muzokara o‘tkazgan.
Ma’lumot uchun, Italiyada shu yilning yozida G7 davlatlari Ukrainaga muzlatilgan Rossiya aktivlari hisobidan moliyalashtiriladigan 50 milliard dollar (46 milliard yevro)gacha bo‘lgan kreditlar berish paketini qabul qilgan. Yevropa Ittifoqi Kengashi qarori hali ham rasmiy protsedura orqali tasdiqlanishi kerak, bu boshqa narsalar qatori Yevropa parlamentining roziligini ham talab qiladi. Maqsad – kreditni keyingi yilning boshidanoq Ukrainaga o‘tkazish va to‘lash maksimal 45 yil muddatda amalga oshirilishini belgilashdir.
Italiya, shuningdek, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Yaponiyani o‘z ichiga olgan G7ga raislik qiladi.
Jasmina Rasulova
LiveBarchasi