G7 davlatlari Rossiya energetika sektoriga qarshi chora ko‘rmoqchi – “Reuters”

Olam

image

G7 davlatlari yetakchilari Rossiyaning energetika sektoriga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish, aksilrossiya cheklovlarini aylanib o‘tishni to‘xtatish, shuningdek, eksport cheklovlari bo‘yicha yangi choralarni e’lon qilish niyatini bildirdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Agentlikning rasmiylar orasidagi manbalariga ko‘ra, G7 davlatlari rahbarlari joriy yilning 19-21 may kunlari Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda uchinchi davlatlar ishtirokidagi sanksiyalarni chetlab o‘tishning oldini olish, Rossiya Federatsiyasining energetika sektori va Qurolli Kuchlarini qo‘llab-quvvatlaydigan savdoni cheklash kabi yangi choralarni e’lon qilishi mumkin.

Nashrda aniqlik kiritilishicha, amerikalik rasmiylar G7dan Rossiyaga eksport qoidasini o‘zgartirishni kutmoqda.

Yangi qoidalarga ko‘ra, hech bo‘lmaganda ayrim toifadagi tovarlar uchun, agar ular tasdiqlangan tovarlar ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lsa, barcha eksport avtomatik ravishda taqiqlanadi.

Materialda aytilishicha, AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati ilgari G7 a’zolaridan sanksiyalarga yondashuvni o‘zgartirish uchun roziligini so‘ragan. Bu esa bugungi kunda Rossiyaga barcha tovarlarni, agar ular aniq qora ro‘yxatga kiritilmagan bo‘lsa, sotishga ruxsat beradi.

Ma’lumot o‘rnida, Yaponiya bu yil G7 davlatlari yig‘ilishiga raislik qiladi. G7 sammiti Xirosimada 19-21 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ushbu yig‘ilishga Avstraliya, Braziliya, Vetnam, Hindiston, Indoneziya, Kuk va Komor orollari ittifoqi va Janubiy Koreya rahbarlari ham taklif etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya energetika G7

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing