G20 dunyoning eng qashshoq davlatlariga 14 milliard dollar mablag‘ ajratadi
Olam
−
23 noyabr 2020 5807 1 daqiqa
G20 mamlakatlari koronavirus pandemiyasi davridagi qarz yukini yengillashtirishlari uchun dunyoning eng qashshoq davlatlariga 14 milliard dollardan ko‘p mablag‘ ajratadi. Bu haqda valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Saudiya Arabistoni raisligida o‘tgan G20 sammitidan so‘ng ma’lum qilgan.
"Biz pandemiya o‘n yillik taraqqiyotni xavf ostiga qo‘ygan dunyodagi eng zaif mamlakatlarga favqulodda yordam ko‘rsatamiz. Ya’ni, dunyodagi zaif davlatlarning qarz yukini yengillashtirish uchun 14 milliard dollardan ko‘p mablag‘ ajratamiz. Bu qarz xizmatini to‘xtatib turish tashabbusi doirasida amalga oshiriladi", degan u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, guruh tashabbusni kengaytirgan va qarzni qaytarish muddatini yana kechiktirishga zarurat bor-yo‘qligini tekshirish uchun vaziyatni baholashni davom ettiradi.
Ma’lumot o‘rnida, G20 sammiti joriy yilning 21 va 22 noyabr kunlari virtual formatda bo‘lib o‘tdi.
Avvalroq, sammitda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin dunyo uchun asosiy xatarlar nima ekanini aytgani haqida xabar bergandik.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr