Fyuri va Ngannu Saudiyada jang qilishga kelishib oldi

Sport

image

Britaniyalik prof bokschi Tayson Fyuri va sobiq UFC jangchisi Saudiya Arabistonida boks qoidalari asosida jang qilishga kelishib oldi. Bu haqda jurnalist Mayk Koppinger xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur to‘qnashuv 28 oktyabr kuni poytaxt Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi. Matchroom promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Hirnga ko‘ra, bokschi va MMA jangchisi o‘rtasidagi bahs ko‘rgazmali jang fonida tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, Fury professional boksda 34 ta jang o‘tkazib, 33 ta g‘alaba va bitta durang natija qayd etgan. U dekabr oyida vatandoshi Derek Chisorani mag‘lub etdi va Jahon boks kengashi (WBC) versiyasi bo‘yicha og‘ir vazn toifasidagi jahon chempionligi unvonini muvaffaqiyatli himoya qilgandi. 

UFC bilan yangi shartnomadagi muammolar sabab xayrlashgan Ngannu esa MMA'da 20 ta jang o‘tkazib, faqat 3 tasida mag‘lubiyatga uchragan. U UFC'ni og‘ir vazn toifasidagi chempionlik maqomida tark etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing