FVV Sherobodda sel kelgani haqidagi xabar yuzasidan ma’lumot berdi (video)

Jamiyat

0:00
0:00
download

Bugun, 24 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida sel kelgani va hududdan o‘tuvchi M-39 xalqaro avtomagistralning 393-kilometri sel ostida qolgani haqida xabarlar tarqaldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi va sel kelgani haqidagi xabar yolg‘on ekanini ta’kidladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari tomonidan belgilangan hududda o‘rganish ishlari olib borilgan. Aniqlanishicha, hech qanday hodisa sodir bo‘lmaganligi ma’lum bo‘lgan. 

Vazirlikning ma’lum qilishicha, ushbu video uch yil oldin sodir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

FVV sel Sherobod

Baholaganlar

198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing