Diqqat! FVV sel kelishidan ogohlantirdi

Jamiyat

image

26-27 avgust kunlari O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlariga sel kelishi mumkin. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

“Joriy yilning 26-27 avgust kunlari respublikamizning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga!

Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, noxush holatlar yuzaga kelganda, FVVning 1050 raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq, hafta davomida havo harorati pasayishi va amrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

sel

Baholaganlar

218

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing